Gurbanguli Berdimuhamedovning öğli Serdar Berdimuhamedov bölajak saylovlarda mamlakat prezidentligiga nomzod etib körsatildi. «Turkmenistan segodnya» davlat axborot agentligi xabariga köra, bu boradagi qaror Turkmaniston Demokratik partiyasining 14 fevral kuni ötkazilgan navbatdan taşqari IX s’yezdida qabul qilingan.

«Kun tartibiga köra, Turkmaniston prezidenti lavozimiga Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisining örinbosari Serdar Gurbanguliyeviç Berdimuhamedovning nomzodi ilgari surildi. S’yezd qatnaşçilari Serdar Berdimuhamedovning nutqini tingladi va uni qöllab-quvvatladi», deyiladi xabarda.

Arqadağ nafaqaga çiqmoqçi

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti lavozimini böşatmoqçi ekanini ma’lum qilgan. U 2021 yil yakunlari va kelgusi 30 yilga möljallangan davlat siyosatining «ustuvor vazifalari» muhokama qilingan Xalq Maslahati (mamlakat parlamentining yuqori palatasi) yiğilişida şu haqda gapirdi. Bu 11 fevral kuni — uning davlat rahbari etib saylanganiga 15 yil tölgan kunda röy berdi.

Berdimuhammedov 2021 yil kuzida Toşkentga taşrifi çoğida / Kun.uz

Turkmaniston prezidenti mamlakatda töliq hokimiyatga ega, konstitutsiyaga köra, uning vakolati muddati çeklanmagan.

Ammo juma kuni  64 yoşli arkadağ kutilmaganda özining «yoş yetakçilarga yöl oçiş» haqidagi «murakkab» qarori haqida e’lon qildi va buni ikki yil avval «payğambarlik yoşiga yetgani» bilan izohladi.

«Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqiçida davlat boşqaruvi sari yölni ma’naviy muhitda va zamonning yuksak talablari asosida tarbiyalangan yoş yetakçilarga beriş kerak, degan fikrni qöllab-quvvatlayman. Men Xalq maslahati raisi sifatida katta hayotiy va siyosiy tajribamni bundan buyon ham şu sohaga yönaltiriş niyatidaman», — dedi Gurbanguli Berdimuhammedov.

U parlament yuqori palatasi raisligini özida saqlab qolmoqçi. Davlat rahbari boşqa vakolatlar haqida gapirmagan.

Berdimuhamedovning bayonotidan keyingi kuni Majlis (parlamentning quyi palatasi) navbatdan taşqari prezidentlik saylovlari sanasi sifatida 2022 yil 12 martni belgiladi. Mustaqil Turkmaniston tarixida atigi ikki prezident bölgan: Berdimuhamedov va uning ötmişdoşi — Saparmurod Niyozov.