Kanada boş vaziri Jastin Tryudo iqtisodiy sanksiyalarning «birinçi raundi» haqida e’lon qilgan. Kanada sanksiyalari ham Rossiya suveren qarzlari va DXR hamda LXR bilan kelişuvlarni qamrab olgan. Bundan taşqari, ular Rossiyaning ikki banki va Rossiya parlamentining DXR va LXR tan olinişi uçun ovoz bergan vakillariga taalluqli böladi. Kanadaliklarga uşbu respublikalar bilan moliyaviy operatsiyalarni ötkaziş taqiqlanadi.

Avstraliya ham Rossiya banklari, DXR va LXR jismoniy va yuridik şaxslarini sanksiyaga duçor etgan. Kanberra Rossiya Xavfsizlik kengaşining DXR va LXR tan olinişini qöllab-quvvatlagan sakkiz vakilini sanksiyalar röyxatiga kiritgan (ularning familiyalari hozirça oşkor etilmadi).

«Dastavval biz Rossiya Xavfsizlik kengaşining sakkiz a’zosini mamlakatga kirişini taqiqlaş va maqsadli moliyaviy sanksiyalarni joriy etamiz», degan Avstraliya boş vaziri Skott Morrison.

Avvalroq Donbassdagi özini özi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni tan olgani uçun RFga AQŞ, Yevroittifoq va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar qöllangandi.

Yaponiyaliklarning sanksiyalari mamlakatga DXR va LXRdan rasmiy şaxslar kelişini çeklaş, şuningdek uşbu respublika bilan eksport va import mahsulotlarini taqiqlaşni nazarda tutadi. Bundan taşqari, sanksiyalar yapon bozorida rossiyaliklar obligatsiyalari joylaştirilişini çeklaşga qaratilgan. Şuningdek, Rossiya hukumatining yangi suveren qarzi böyiça operatsiyalar töxtatiladi.

Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida vaziyat yomonlaşgan taqdirda, çora-tadbirlar röyxati kengaytirilişi mumkinligini qayd etgan.