Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yiğilişida mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari kamayayotgani bois avval joriy etilgan muayyan çeklovlarni olib taşlaş masalalari körib çiqildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, sönggi kunlarda yanvar oyiga nisbatan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaşga möljallangan maxsus 1 va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar şifoxonalariga bemorlar gospitalizatsiyasi 7 baravarga kamaygan.

«2022 yil yanvar oyida «103» tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik çaqiriqlar soni respublika böyiça 34 mingta bölgan bölsa, uşbu körsatkiç oxirgi kunlarda 20 mingtani taşkil etmoqda. Ya’ni deyarli 1,5 barobarga kamaydi.

Bugungi kunda kasallikning tarqalganlik darajasi 0,4 ni taşkil etmoqda. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ekspertlari xulosasiga köra, bu körsatkiç 1,0 gaça bölsa, vaziyat barqarorligini anglatadi. 

Xorijiy ommaviy axborot vositalarining tarqatayotgan xabarlariga köra, bugungi kunda aksariyat mamlakatlar koronavirus infeksiyasini endemik kasallik sifatida tan olib, asosiy çeklovlarni, hatto niqob taqiş tartibi va COVID-19 pasportlarini bekor qiliş niyatida ekanini ma’lum qilmoqda.

Şu bilan birga, Yevropa davlatlari aholini emlaş jarayonini kuçaytirişni taklif etmoqda», deyiladi SSV xabarida. 

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib çiqib, joriy yilning 1 martidan boşlab fuqarolarning oçiq havoda niqob taqmasligiga ruxsat berildi.

Şuningdek, epidemik vaziyatdan kelib çiqqan holda fuqarolarning ijtimoiy masofasini ta’minlaş qiyin bölgan joylarda: 

  • jamoat transportida 
  • yirik savdo dökonlarida 
  • ta’lim muassasalarida
  • davlat va nodavlat idoralarida 
  • masjidlar, teatr, kinoteatr, muzey, san’at saroylari, maişiy xizmat körsatiş muassasalari va boşqa odamlar gavjum joylarda niqob taqiş tavsiya etildi.

Soğliqni saqlaş muassasalarida tibbiyot xodimlarining, ular koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada bölişidan qat’i nazar, niqob taqişi talabi saqlab qolindi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda COVID-19 bilan boğliq ilk holat 2020 yil 15 mart kuni aniqlangaç, 16 martdan ta’limgohlar karantinga yopilgan, 23 martdan e’tiboran butun mamlakat böylab tibbiy niqobsiz harakatlaniş taqiqlangan edi.