Hozirda Ukraina hududida 4300 ga yaqin Özbekiston fuqarosi bölib turibdi. Ukrainada yuz berayotgan voqealar tufayli Taşqi işlar vazirligiga ommaviy axborot vositalari tomonidan berilgan savollar va ularga Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonovning javoblari e’lon qilinmoqda.

Ayni paytda Ukraina hududida qança Özbekiston fuqarolari bölib turganligi böyiça ma’lumotlar mavjudmi?

— Özbekiston Respublikasining Kiyev şahridagi elçixonasidan olingan ma’lumotga köra, hozirda Ukraina hududida 4300 ga yaqin Özbekiston fuqarosi bölib turibdi. Şu bilan birga, fuqarolarimiz röyxati yanada aniqlaştirilmoqda.

Ukrainada röy berayotgan voqealarda mamlakatimiz fuqarolari orasida jabr körganlar bormi?

— Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi ma’lumotiga köra, jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Ukrainada havo maydoni yopib qöyilgan. Bu mamlakatdagi Özbekiston fuqarolari asosan qaysi yöl orqali olib kelinadi?

— Yuqorida aytib ötganimizdek, Özbekiston Respublikasining Kiyevdagi elçixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi işlab çiqilmoqda. Şu maqsadda, birinçi navbatda, qöşni davlatlar orqali jönab ketiş yönalişlari va keyingi boriş manzillari örganilmoqda.

Uruş holati çuqurlaşadigan bölsa, Ukrainadagi fuqarolarimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaş rejalaştirilganmi?

— Şak-şubhasiz, Ukrainada bölib turgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining maişiy masalalarini hal etiş uçun zarur çoralar köriladi.

Davolanişga borgan fuqarolarimiz, ya’ni operatsiya qilingan odamlar qanday yöl tutişi kerak?

— Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi ma’lumotiga köra, jarrohlik muolajasidan ötayotgan hamyurtlarimizdan murojaatlar kelib tuşmagan, Truskavets şahrida sanatoriylarda davolanayotganlar bundan mustasno.

Ukraina tibbiyot muassasalari tibbiy yordam körsatiş böyiça öz işlarini davom ettirmoqda.

Ukraina va Rossiyaning ayrim hududlariga çegaralangan aviaqatnovlar qaçongaça davom etişi haqida ma’lumot bersangiz?