Ukrainada qirğinbarot uruş davom etmoqda. BMT ma’lumotlariga köra, ötgan uç kun içida mamlakatni 150 ming kişi tark etgan. Ukraina hukumati harbiy harakatlar boşlanganidan buyon 3500 rossiyalik harbiy halok bölganini ma’lum qilgan (Rossiya tomoni öz yöqotişlarini tasdiqlamayapti). Ukraina soğliqni saqlaş vazirligi tinç aholi vakillaridan 198 kişi aholi turar joylariga berilgan zarbalar qurboniga aylanganini ma’lum qilgan. Quyidagi materialda uruşning uçinçi kuni davomida olingan suratlar jamlangan.

Ukrain harbiylari Kiyevda rossiyalik qöporuvçilar guruhi bilan janglardan keyin portlamay qolgan snaryadlarni izlamoqda
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
26 fevral tongida raketalar Kiyevdagi aholi yaşaş uyiga kelib tuşdi, ikki kişi halok bölgan, yana bir neça kişi yaralangan. RF mudofaa vazirligi aholi turar joylariga hujum qilmayotganini takrorlaşda davom etmoqda. Gleb Garaniç / Reuters / Scanpix / LETA
Raketalar kelib tuşişi oqibatida uylardan biridan otilib ketgan bolalar öyinçoği
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
DXR nazoratidagi hududda joylaşgan bolalar boğçasi artilleriya zarbasiga uçradi
Aleksandr Yermoçenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk öqqa tutilişi oqibatlari
Aleksandr Ryumin / TASS / Scanpix / LETA
Kiyevda havo hujumidan ogohlantiruvçi sirenalar tinimsiz yangramoqda
Gleb Garaniç / Reuters / Scanpix / LETA