Şuningdek, 28 fevral kuni Daryo.uz naşriga intervyu bergan Özbekistonning Ukrainadagi elçisi Alişer Kurmanov elçixonaga jangovar harakatlarda iştirok etgan yoki jarohatlangan özbeklar haqida ma’lumot kelib tuşmaganini ta’kidladi.

“… Öylaymanki, bunaqa taşabbus bildirgan özbeklar bölmaydi ham. Yurtdoşlarimiz bu yerga boşqa maqsadda, asosan tirikçilik ilinjida kelişgan. Bunday ma’lumot bölsa, ukrainaliklar bizga albatta xabar berişardi. Lekin ular ham bizga çiqmadi», - degan Alişer Kurmanov.

Avvalroq, 25 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda özbek tilida sözlovçi haydovçi bortida rossiyalik harbiylar mavjud bölgan yuk avtomobilini Donbass hududiga haydab ketayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi.

Nastoyaşçeye Vremya xorijiy naşrlarga tayanib, Rossiya özbekistonlik migrantlarni jangovar harakatlarga jalb qilayotgani haqida xabar bergan. Şuningdek, tarmoqlarda özbekistonlik migrantlar UzMigrant sayti orqali Rossiya armiyasidan şu turdagi işlarni topayotgani yozilgan. Migrantlarning harbiy harakatlar hududida ham işlaşga rozi bölişiga tez muddatda Rossiya fuqaroligini oliş yoki katta miqdordagi maoş sabab sifatida keltirilgan.

UzMigrant migrantlarga Rossiya armiyasidan iş topişda yordam bermayotganini, balki ular Markaziy Osiyolik özbekzabon migrantlar uçun huquqiy axborot xizmati ekanligini ta’kidladi.

«Biz heç qaysi fuqarolarni (Özbekistonmi yoki boşqa davlat fuqarosi böladimi) Ukrainadagi jang harakatlariga qöşilişga da’vat qilmaymiz. Bizning heç qanday harbiy yoki yarim harbiy strukturalar bilan hamkorligimiz yöq», - deyiladi UzMigrant raddiyasida.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida yollaniş bilan boğliq huquqbuzarlik uçun ikkita modda doirasida javobgarlik belgilangan.

Xususan, Jinoyat kodeksining 154-moddasiga köra