Farğonada homilador ayolini Farğona kanaliga itarib yuborgan erkakka nisbatan jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudi tomonidan jazo tayinlandi.
Bu haqda Farğona viloyat sudlarining Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, oiladagi kelişmovçilik sabab ayol janjallaşib onasining uyiga ketgan. Ayolining ortidan borgan erkak ijara uyiga olib ketişini aytib, turmuş örtoğini kanal böyiga boşlab borgan. Kutilmaganda rafiqasini suvga itarib yuborib, közdan ğoyib bölgan. Çökayotgan ayolni körib qolgan fuqarolardan biri uni qutqarib qolgan.
Qidiruv harakatlaridan söng qölga olingan ayolning turmuş örtoği N.J. ustidan sud Jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudida körib çiqilgan. N.J. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan aybdor deb topilib, unga 9 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Avvalroq Farğona viloyati Rişton tumanida oilaviy kelişmovçilik sabab ikki qizi bilan uydan çiqib ketgan ona qidirilayotgani, kiçik qizining jonsiz tanasi Katta Farğona kanalidan topilgani haqida xabar qilingan edi.













