Şavkat Mirziyoyev raisligida sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Yiğilişda prezident mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun oçilayotgan yangi imkoniyatlarni qayd etdi.
«Sönggi beş yilda qişloq xöjaligi sohasidagi islohotlarimiz samarasini berib, Cotton Campaign kuni keça Özbekistonni qora röyxatidan çiqardi. Bu ham biz uçun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani.
Buning hisobiga iste’mol mahsulotlarining xomaşyosini olib kelib, ularni qayta işlaş orqali qöşimça 1,5 milliard dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa böladi», dedi davlat rahbari.
Şu bois xomaşyoni olib kelib, tayyor mahsulot çiqargan va uni çetga sotadigan (bojxona hududida qayta işlovçi) korxonalarga apreldan boşlab
- eksportçilar uçun berilayotgan barça imtiyozlar tatbiq etiladi;
- loyihalari doirasida texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona tölovlari ta’minoti talab etilmaydi;
- ruxsatnoma beriş muddati 3 barobar qisqaradi, 1 yil davomida işlab kelayotganlariga ruxsatnoma har bir kontraktiga emas, balki korxona faoliyatiga beriladi;
- olib kelgan dastgohlari uçun bojxona bojlari undirilmaydi.
Eslatib ötamiz, 2022 yil 10 mart kuni Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi Özbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni bekor qildi. Özbekiston paxtasiga 2009 yilda e’lon qilingan boykot 12 yildan ortiq amal qilib kelayotgandi.

















