Bugun, 10 mart kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi vakillari, Cotton Sampaign xalqaro koalitsiyasi delegatsiyasi a’zolari iştirokida Özbekiston paxtaçilik sohasida yaratilgan mehnat şaroitlariga bağişlangan press-brifing bölib ötdi.

Press-brifingda Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi rahbari Bennet Friman rahbarligidagi delegatsiya a’zolari sözga çiqib, özbek paxtasini boykot qiliş tugatilganini ma’lum qildi.

Cotton Campaign rasmiylariga köra, Özbekiston paxta yiğim-terimida majburiy va bolalar mehnatini çekladi, yangi islohotlarni amalga oşirmoqda.

Özbek paxtasidan boykotning olib taşlanişi esa birinçi navbatda tekstil sanoatida dunyodagi yetakçi korxonalarning Özbekiston bozoriga kirib kelişiga imkon yaratadi. Bu bilan paxta sanoatida köplab iş örinlari yaratilib, aholi bandligi oşiriladi.

Oliy Majlis Senati raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş Milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva majburiy va bolalar mehnatini çeklaş uçun amalga oşirilgan asosiy yönalişlarni qayd etdi:

  • qonunçilik va taşkiliy-huquqiy bazani mustahkamlaş;
  • xalqaro standartlarni implementatsiya qiliş;
  • qişloq xöjaligini isloh qiliş;
  • institutsional bazani rivojlantiriş;
  • tizimli monitoring va tadqiqotlar olib boriş;
  • fuqarolik jamiyati va ixtisoslaşgan xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni faollaştiriş.

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi 2010 yilda Özbekiston paxtasini boykot qiliş böyiça kampaniya boşlagandi.

Koalitsiya 2018 yilda islohotlar “yöl xaritasi”ni işlab çiqqan va Özbekiston hukumatiga taqdim etgan.