Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi özbek paxtasini boykot qiliş töxtatilganini ma’lum qildi. Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda “Cotton Sampaign” koalitsiyasi direktori Partitsiya Jureviç va Özbekiston rasmiylari boykotning bekor qilinişi Özbekiston uçun qay darajada ahamiyatli ekani haqida ma’lumot berdi.
“Cotton Sampaign” koalitsiyasi direktorining qayd etişiça, Özbekistonda paxta yetiştirişdan tortib tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan jarayonni mamlakatning özida amalga oşiriş imkoniyati xalqaro hamjamiyatni öziga jalb qila oladi.
“Men Özbekistonni betakror mamlakat deb bilaman. Klasterlar körinişidagi vertikal integratsiya orqali paxta bilan boğliq barça jarayonlar şu yerning özida amalga oşirilişi imkoni bor. Bunda paxta yetiştiruvçilardan tortib to oxirgi mahsulot tayyor bölgungaça jarayonlarda töla şaffoflik va kuzatuvçanlikka erişiş mumkin. Bu juda noyob hodisa va xalqaro hamjamiyatni öziga jalb qila oladi. Klasterlar ittifoqi esa, bu albatta yaxşi, u orqali köplab iş örinlarini yaratiş, qolaversa, paxta sanoatida işlovçilarning hayotini yaxşilay oliş mumkin”, dedi Partitsiya Jureviç.

Senat Raisi Tanzila Norboyevaning ta’kidlaşiça, işlab çiqarişni tölaligiça mamlakatning özida taşkil qiliş eksport qiymatini oşiradi, qolaversa, iş örinlari yaratilişiga imkon beradi.
“Oldinroq biz butun paxtamizni xomaşyo sifatida 1 mlrd dollarga eksport qilardik. Özbekistonda umuman işlab çiqariş yöq edi, hammasi xomaşyo sifatida sotilardi va öz paxtamizdan işlab çiqarilgan mahsulotlar özimizga yetib kelardi. Lekin hozir prezidentimizning siyosati: paxtani eksport qilmasdan işlab çiqarişni özimizda taşkil qilişdan iborat. 2-3 yildan beri paxta xomaşyo sifatida eksport qilinmayapti va özimizda işlab çiqariş yölga qöyilyapti. Buning uçun 120 tadan ortiq klasterlarimiz bor. Agar oldin paxta xomaşyosi 1 mlrd dollarga eksport qilingan bölsa, hozir işlab çiqariş hisobiga 3 mlrd dollarlik qiymatga erişdik.
Keyingi 4-5 yil içida 50 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilişni reja qilganmiz. Bu qöşimça iş örinlari deganidir”, dedi Senat raisi.
“Özbekiston paxta-töqimaçilik klasterlari” uyuşmasi rahbari Murtazo Rahmatovning qöşimça qilişiça, 1 kg paxta işlab çiqariş bosqiçlaridan söng 50 dollarlik qiymatga ega bölişi mumkin.

















