Turkmaniston vitse-premer Serdar Berdimuhamedov — amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning öğli — mamlakatning yangi saylangan prezidenti sifatida tan olindi. Bu haqda davlat axborot agentligi «Turkmenistan segodnya» xabar berdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmanistonning saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedovni saylovda qozongan işonçli ğalabasi bilan tabrikladi.
Mamlakat markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga köra, 12 mart kuni bölib ötgan muddatidan oldingi saylovda Berdimuhamedov 72,97 foiz ovoz töplagan.
Saylovlarda jami 9 nafar nomzod iştirok etgan. Serdar Berdimuhamedovdan boşqa nomzodlarning töplagan ovozlari 1 foizdan 11,09 foizgaça bölgan:
- Perxat Begenjov (Lebap viloyatidagi maxsus moliya-iqtisodiyot maktabi direktori) — 2,02 foiz;
- Oğajon Bukmiradov (Mariy viloyati hokimi örinbosari ) — 7,22 foiz;
- Serdar Berdimuhamedov (Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari) — 72,97 foiz;
- Berdimammet Kurbanov («Awaza» sanatoriysi boş şifokori, Turkmaniston Majlisi deputati) — 2,22 foiz;
- Babamurat Meredov («Wepaly gurluşyk» qişloq xöjaligi jamiyati direktori) — 1,08 foiz;
- Xidir Nunnayev (Turkmaniston jismoniy madaniyat va sport instituti prorektori ) — 11,09 foiz;
- Maksat Odeşov (Turkmaniston demokratik partiyasi Toşhovuz viloyati Saparmurod Turkmanboşi etrapi qömitasi rahbari ) — 1,15 foiz;
- Maksatmurad Ovezgeldiyev (Axal viloyati Babadayxon etrapi sanitar-epidemiologik xizmati rahbari ) — 1,16 foiz;
- Kakageldi Sariyev (Turkmaniston davlat energetika instituti «Qayta tiklanuvçi energiya manbalari» işlab çiqariş markazi direktori) — 1,09 foiz.
Serdar Berdimuhamedovning inauguratsiya marosimi 19 mart kuni «Öğuzxon» prezident saroyi majmuasida ötkaziladi.
Turkmanistonda prezidentlik muddati 7 yil hisoblanadi.
Saylovlarda 3 362 052 kişi qatnaşgan, bu röyxatga olingan saylovçilarning 97,17 foizi degani.


















