Rossiya AQŞ prezidenti Jo Bayden va qator amerikalik amaldorlarga qarşi personal sanksiyalar joriy etdi.

Jumladan, röyxatda Davlat kotibi Entoni Blinken, Markaziy qidiruv boşqarmasi direktori Uilyam Byorns, Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari Samanta Pauer va mudofaa vaziri Lloyd Ostin nomlari bor.

Şuningdek, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va Baydenning öğli Hanter ham sanksiyalarga uçragan.

Xabar qilinişiça, gap Rossiyaga kelişni taqiqlaş haqida ketadi.

Keyinroq Rossiya TIV xuddi şunday sanksiyalar Kanada boş vaziri Jastin Tryudoga ham qöllanganini ma’lum qildi.

Sanksiyalar Rossiyaning yuqori martabali şaxslari AQŞga kirişi taqiqlanişini ham közda tutuvçi qator «misli körilmagan sanksiyalar»ga javoban qabul qilingan.

  • AQŞ Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi ortidan 25 fevral kuni RF prezidenti Vladimir Putin, TIV rahbari Sergey Lavrov va qator yuqori martabali mansabdorlarga sanksiyalar qöllagandi. Sanksiyalarga köra aktivlar muzlatilişi nazarda tutilgan. Oq uydagilar bu sanksiya AQŞga kirişni taqiqlaşini ham qöşimça qilgan.