Hayot Şamsuddinovning ta’kidlaşiça, dekan örinbosariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari 4 mart kuni yakunlangan, tomonlar iş hujjatlari bilan taniştirilgan.
8 mart kuni jinoyat işi böyiça ayblov xulosasi tuzilib, Yakkasaroy tuman prokuraturasiga yuborilgan. 10 mart kuni esa jinoyat işi prokuratura tomonidan jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudiga yuborilgan.
Eslatib ötamiz, 2021 yilning 27 oktabr kuni Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti 3-kurs talabasi Muştariybonu Komilova Nemolchi.uz loyihasiga murojaat qilib, dekan örinbosari Boğabek Yuldaşevning xonasiga kirganida mansabdor şaxs unga nisbatan şilqimlik qilganini aytgandi. Talaba qizga köra, voqea 2021 yilning 18 oktabr kuni sodir bölgan.
Binoning 2-qavatidan pastga qulagan Muştariybonuga katatravma, qöşma jarohat, öng ötirgiç va qov suyaklari sinib siljişi, quymuç suyagi öng tomonda sinib qoniqarli turişi, beşinçi bel umurtqasi yon ösiği sinib qoniqarli turişi, boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, peşona sohasi ezilib yirtilgan jarohati, travmatik şok ikkinçi darajasi taşxislari qöyilgan.
IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov dekan örinbosari Boğabek Yuldaşevga nisbatan 19 oktabr kuni JKning 118- (nomusga tegiş) va 105- (qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgani, u 23 oktabr kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida uşlangani haqida ma’lum qilgandi.
Uşbu voqea jamoatçilik örtasida katta rezonans keltirib çiqargan, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgandi. Internet foydalanuvçilari jabrlanuvçi va uning onasi tomonidan oçiqlangan voqea tafsilotlari bir-biriga mos kelmayotgani, jumladan, tajovuzga uçragan qiz qaçon yigitiga telefon qilib, yordam çaqirişga va qayerda ekanini aytişga ulgurgani, yigit qanday qilib “Narxoz”dan Peduniversitetga 8 minutda yetib kelib, zamdekanning xonasini topib borganini söroq ostiga olgandi. Nemolchi.uz tomonidan e’lon qilingan voqea bayoni va Muştariybonuning 21 dekabr kuni bölib ötgan Ayollar forumidagi hikoyasida ham farqli jihatlar mavjud.

















