Çernobil AES ustidan nazorat Ukrainaga qaytarildi, deb ma’lum qildi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA).

Ukraina tomonining ma’lumot berişiça, rossiyalik harbiylarning ikki kolonnasi Belarus tomon yöl olgan. Stansiya xizmatçilari yaşaydigan Slavutiçdagi harbiylar ham şaharni tark etgan.

"Şuningdek, Ukraina Çernobil AES maydonida Rossiya kuçlarining bir qismi qolgani, ammo ular ham bu yerni tark etişga tayyorlanayotganini bildirdi", - deyiladi XAEA xabarida.

Avvalroq XAEA rahbari Rafael Grossi Ukrainaga taşrif buyurgan, söngra Kaliningrad şahrida Rossiya hukumati vakillari bilan muzokara ötkazgandi.

Rossiya mudofaa vazirligi fevral oxirlarida Çernobil AES ustidan nazorat rossiyalik harbiylar qöliga ötganini ma’lum qilgandi.