Prezident “Tadbirkorlik muhitini yaxşilaş va xususiy sektorni rivojlantiriş orqali barqaror iqtisodiy ösiş uçun şart-şaroitlar yaratiş borasidagi navbatdagi islohotlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Moliya vazirligi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Transport vazirligi va Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bilan birgalikda:

a) 2022 yil 1 mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2022 yil yakuniga qadar “Özbekneftgaz” AJning, şu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylaştiriş (IPO) orqali kamida 49 foiz uluşini, şuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat uluşini xususiylaştiriş işlarini boşlaydi;

b) 2022 yil 1 sentabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida "Özbekgidroenergo" AJni isloh qiliş strategiyasini tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bunda, yangi kiçik va örta gidroelektrostansiyalarni qurişda xususiy sektor iştirokidagi, şu jumladan, davlat-xususiy şeriklik şartlari asosidagi loyihalarni amalga oşirişga ustuvorlik beriladi;

v) 2022 yil 1 sentabrga qadar “Uzbekistan airways” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat uluşining savdoga çiqarilişini, şu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylaştiriş (IPO) işlarini boşlaydi;

g) 2022 yil 1 avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, “UzAuto Motors” AJ aksiyalar paketining 10 foizgaça qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylaştiradi (IPO) va bu korxonaning qolgan uluşini hamda “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “Samarqand Avtomobil zavodi” MÇJni strategik investorlarga sotiş strategiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.