Viloyat IIb axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 11 aprel kuni Termiz tumanida yaşovçi fuqaro B.Bahodir viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, özini çegara qöşinlari harbiy qismiga işga joylaştirib qöyişini aytib, pul talab qilayotgan şaxsga çora körişni söragan.
B.Bahodirning arizasiga köra, 2022 yilning aprel oyi boşlarida tanişi S.Dilşod unga Termiz şahrida joylaşgan çegara qöşinlarida yuqori lovozimda işlovçi tanişlari borligini va ular orqali işga joylaştirib qöyişini aytgan.
Söng işga joylaştiriş xarajatlari 2 ming dollar bölişini aytib, B.Bahodir şu pullarni bersa, 44 kundan söng viloyatlarning birida joylaşgan çegara qöşinlari harbiy qismlariga işga qabul qilinişini ma’lum qilgan.
Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 11 aprel kuni soat 18:00 larda viloyat IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi, DXX hamda departamentning viloyat boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda, fuqaro S.Dilşod Termiz şahrida B.Bahodirdan 900 dollar hamda 1,1 million söm kimyoviy işlov berilgan pullarni sanab olgan vaqtida uşlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan 2022 yil 12 aprel kuni departamentning viloyat boşqarmasi tomonidan fuqaro S.Dilşodga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















