Nijniy Novgorod va Ulyanovsk viloyatlari hukumat delegatsiyalari Özbekistonga amaliy taşriflari çoğida Orient Group rahbariyati bilan strategik hamkorlik istiqbollarini muhokama qilişdi.
25 aprel kuni Orient Business Center‘da respublikaning eng yirik xususiy xoldingi rahbariyati va Rossiyaning ikki viloyatidan kelgan vakillik delegatsiyalari örtasida uçraşuvlar bölib ötdi. Muzokaralar çoğida hududlarning iqtisodiy salohiyati taqdimotlari ötkazildi. Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkix, xususan, qurilişdan tortib to çakana savdogaça bölgan turli sohalardagi köplab korxonalarni birlaştirgan biznes kölami unda katta taassurot qoldirganini, bu esa sarmoyaviy hamkorlikni muhokama qiliş uçun keng imkoniyatlar oçayotganini ta’kidladi.

Voqeani şarhlar ekan, Orient Group Management boş direktori Andrey Safronyuk şunday dedi: “Xoldingimiz manfaatlarining keng doirasi iqtisodiyotning köplab tarmoqlarida integratsiya loyihalari muvaffaqiyatiga işoniş imkonini beradi. Biz Orient Group aktivlari negizida hamkor resurslar va texnologiyalarni jalb etgan holda qöşma korxonalar yaratişda jiddiy istiqbollarni köramiz. Yaqin kelajakda aniq taşabbuslarni muhokama qilişni boşlaymiz degan umiddamiz”.
Nijniy Novgorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin bir qator sohalarda samarali hamkorlik qiliş imkoniyatiga işonç bildirdi. Tomonlar muloqotni rivojlantiriş uçun işçi guruhlar tuzişga kelişib olişdi.
Reklama huquqi asosida
















