Özbekiston prezidentining «Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Farmonga köra:

2022 yil 1 maydan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida:

  • pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 söm;
  • yoşga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 633 000 söm;
  • nogironlik pensiyalari, jumladan iş staji töliq bölmagan çoğdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 söm;
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 698 000 söm;
  • zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 söm;
  • iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyaning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 söm;
  • belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 sömgaça, pensiya oluvçilarning yoşga doir va nogironlik böyiça pensiyalari miqdori – oyiga 698 000 söm etib belgilandi.

Şuningdek, 1941–1945 yillardagi uruş nogironlari va qatnaşçilari, faşistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad şahri qamal qilingan davrda işlagan şaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 söm etib belgilandi.

9 may arafasida uruş qatnaşçilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bölgan fuqarolarga 15 million sömdan beriladi.

Bundan taşqari, boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 500 000 söm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tölanadi.

Boquvçisini yöqotganlik nafaqasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 söm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun 185 000 sömdan qöşilişi belgilanadi.