12 aprel kuni Andijon viloyati Buloqboşi tumanidagi tuğuruq bölimiga homiladorlik vaqti ötgan Omina Mamatqulova olib kelingan. Kun.uz ona qornidagi soğlom çaqaloq tuğruq vaqtida vafot etgani böyiça suriştiruv ötkazgan edi.
Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilişiça, holatni örganiş uçun işçi guruhi tuzilgan.
Örganiş natijalariga köra, Buloqboşi tumani tibbiyot birlaşmasi boşliğining onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça örinbosari S. Jörayeva hamda tuğruq kompleksi mudiri S.Yusupova lavozimidan ozod etilgan.
Bundan taşqari, tuğruq kompleksi navbatçi vraçi akuşer-ginekolog N.Aşurova, doya L.Töraqulova va kiçik tibbiy xodim I.Mamajonovalarga intizomiy jazo qöllangan.
Tayyorlangan hujjatlar tegişli tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirilgan.
Eslatib ötamiz, Omina Mamatqulova Kun.uz bilan suhbatda tungi navbatçilikdagi şifokor va yordamçisi uning qiynalayotganini köraturib heç qanday yordam berişmaganini aytgandi.
Şifokorlar tomonidan tuğuruqni tezlaştiriş uçun dori berilgan. Yetarli quvvatga ega bölmagan ona esa jarrohlik amaliyotisiz tuğuruqni ötkazişga majburlangan. Ayol juda köp qon yöqotib, huşidan ketgaç, operatsiya stoliga yotqizilgan.
5 kilo tuğilgan çaqaloq operatsiya jarayonida ona qornidan jonsiz holda olingani qayd etilgan. Biroq bemor va oila a’zolari bola soğlom bölgani, aynan tuğuruqqaça bölgan jarayondagi şifokorlarning beparvoligi oqibatida nobud bölganini ta’kidlagan.

















