Toşkentdagi uy-joy mulkdorlari şirkatlari joriy yilning mart oyida 1,6 mlrd söm, aprelda esa 3,5 mlrd söm mablağlarni talon-toroj qilgan. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi xabar bergandi.

Nima sababdan uy-joy mulkdorlari şirkatlari tomonidan bunday huquqbuzarliklar sodir etilmoqda, bularning oldini oliş uçun nimalar qilinmoqda? 

Kun.uz söroviga binoan vazirlik holat böyiça izoh berdi.

Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi boş mutaxassisi Hanifa Ikromova huquqbuzarlik holatlarining asosiy omillariga töxtaldi.

“Vazirlik huzuridagi Köp xonadonli uy-joy fondidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi joylardagi şirkatlar tomonidan amalga oşirilgan işlar sifati va unga yönaltirilgan mablağlar maqsadli sarflanganiga oid faoliyatini örganiş jarayonida qator qonunbuzarlik holatlarini aniqlab kelmoqda. Bu yuzasidan ma’lumotlar muntazam ravişda vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida yoritilmoqda.

Uy-joy mulkdorlari şirkatlari nodavlat notijorat taşkiloti bölib, qonunçilikda Davlat organlari hamda ular mansabdor şaxslarining nodavlat notijorat taşkiloti faoliyatiga aralaşişiga yöl qöyilmasligi belgilangan. Şu bilan birga, majburiy badallar tuşumi şaffofligi ta’minlanmagan edi”, – dedi u.

Vazirlik mas’ulining ta’kidlaşiça, uşbu muammolarni bartaraf qiliş maqsadida yangi elektron dastur işlab çiqilgan. Endi aholi majburiy badallar böyiça tölovlarni onlayn kuzatib borişi mumkin böladi.

“Vazirlik tomonidan köp kvartirali uylarni boşqarişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, köp kvartirali uylarni saqlaş bilan boğliq xarajatlar böyiça hisob-kitob işlarini yuritişda oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş hamda aholiga yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida uy-joy mulkdorlari şirkatlarida majburiy badallar hisob-kitobini yuritiş va axborot-maslahat oliş imkonini beradigan billing tizimi — «Mening uyim» elektron dasturi joriy etildi. Aholiga majburiy badallarni onlayn rejimda internet orqali amalga oşiriş hamda majburiy badallar tölovi haqidagi ma’lumotlarni “şaxsiy kabinet” orqali nazorat qiliş imkoniyati yaratildi”, – deydi vazirlik mutasaddisi.