Adliya vazirligi “Oxirgi benefitsiar mulkdorlar yagona davlat reyestri töğrisida”gi qonun loyihasini işlab çiqdi.
Vazirlik xabariga köra, “oxirgi benefitsiar mulkdor” tuşunçasining aniq mezonlari, oxirgi benefitsiar mulkdorlar töğrisidagi ma’lumotlarni taqdim qilmaydigan korxona va taşkilotlar belgilanmoqda.
Ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga (asosan ofşor zonalar va çet ellik elementi mavjud tadbirkorlik sub’yektlari) özlarining oxirgi benefitsiar mulkdorlarini oşkor qiliş majburiyati yuklanmoqda.
Asosiysi, benefitsiar mulkdorlar yagona davlat reyestrini şakllantiriş taklif etilmoqda. Undagi ma’lumotlarni kamida har çorakda yangilaş, unda yopiq turdagi ma’lumotlar (şaxsga doir ma’lumot) ham bölişi nazarda tutilmoqda.
“Oxirgi benefitsiarlarga nisbatan talablarni belgilaş, ularning reyestrini yuritiş va uning oçiq bölişini ta’minlaş – rivojlangan davlatlarning oçiqlik va tadbirkorlikni rivojlantiriş sohasidagi eng sönggi tendensiyalaridan biri hisoblanadi.
Loyiha qabul qilinişi mamlakatda biznes muhitini rivojlangan davlatlar standartlari darajasiga olib çiqişga, korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşişni kuçaytirişga, şuningdek, sohada jamoatçilik nazoratini takomillaştirişga kuçli poydevor yaratadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
“Juda foydasi bor qonun”
Avvalroq, adliya vaziri Ruslanbek Davletov ofşorlar böyiça qonun loyihasi işlab çiqilganini ma’lum qilgandi.
“Bu – juda katta ahamiyatga ega qonun. Ofşorlar bilan boğliq. Ya’ni biz juda köp firmalarni bilamiz, muassisi kim, direktori kim. Lekin oxirigaça yetib bölmaydi. Şuning uçun qonun bilan bu narsaning oxiriga yetiş kerak.
Oxirgi benefitsiar baribir yuridik şaxs emas, jismoniy şaxs böladi. Har qanday firmaning oxirida inson turadi. Şuning uçun mana şu qonun loyihasini ham işlab çiqdik. Buni ham jamoatçilik muhokamasiga beramiz. Qöllab-quvvatlansa, qabul qilinsa, juda foydasi bor”, – degandi adliya vaziri.

















