Özbekistonda «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

Unga köra, korrupsiyaga qarşi kuraşiş maqsadida affillanganlik töğrisida va benefitsiar mulkdorlarni oçiqlaş haqidagi normalar belgilandi.

Moliya vazirligi boşqarma boşliği örinbosari Jasur Umarovning Kun.uz'ga bildirişiça, mazkur norma xaridlardagi oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaşda asqatadi.

«Qonunda davlat xaridlarida oçiqlik, şaffoflik va jamoat nazoratini ta'minlaşga juda katta e'tibor berilgan. Uşbu hujjat bilan davlat xaridlarida iştirok etadigan tadbirkorlik sub'yektlarining ta'sisçisi kim, benefitsiar mulkdori kimligini bevosita oçiqlaş orqali keng jamoatçilikka yetkaziladi.

Xaridlarni amalga oşirişda rejalaştirişdan tortib, oxirida şartnoma tuzib, tovarlarni yetkazib berganlik böyiça barça ma'lumotlarni maxsus axborot portalida joylaştiriş közda tutilgan», – dedi vazirlik vakili.

Avvalroq, Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov qonun Senat tomonidan körib çiqilayotgan paytda uşbu masalada ma'lumot bergandi.

«Qonunda nafaqat budjet buyurtmaçisining afillangan şaxsi yoki qarindoşi xarid jarayoniga qöşilişi, balki u haqidagi ma'lumotlar oçiqlanişi ham közda tutilgan.

Tadbirkorlar özi tuzgan 3-4ta firma auksion yoki tenderda qatnaşişi va öşa firmalardan birining ğolib bölişi – bu haqiqiy raqobatni bildirmaydi. Şuning uçun mazkur jarayonda afillangan şaxslar bitta lotda qatnaşişi taqiqlanmoqda», degan edi vazirlik rasmiysi.

Şuningdek, qonunda manfaatlar töqnaşuvi haqidagi axborotning oşkor qilinişi ham belgilandi.

Bunda davlat buyurtmaçisining, davlat xaridlari elektron tizimi operatori, ixtisoslaşgan taşkilotning, ekspert taşkilotining mansabdor şaxslari va boşqa xodimlari, şuningdek, xarid komissiyasining azolari hamda ekspertlar xarid qiliş tartib-taomillarini amalga oşirişda öz iştirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bölgan har qanday şaxsiy foydani bevosita yoki bilvosita oliş huquqiga ega emas.