Qayd etilişiça, saylovning birinçi kuni, ya’ni, 16 may kuni holatiga köra, 834 nafar mahalla raisi saylandi, bitta mahallaga örtaça 2,7 nafardan nomzod töğri keldi.
Saylangan raislarning 399 nafari, ya’ni qariyb 48 foizi birinçi marotaba, 435 nafari - 52 foizdan ortiği amaldagi raislarni taşkil etadi.
Raislarning 102 nafari ayollardan, 60 nafari mahalliy kengaşlar deputatlaridan iborat.
Saylangan raislarning sifat tarkibi quyidagiça:
- ma’lumoti böyiça: 768 nafari - 92,1 foizi oliy, 62 nafari - 7,4 foizi örta-maxsus, 4 nafari örta ma’lumotga ega;
- yoşi böyiça: 26 nafari 30 yoşgaça, 198 nafari 30-40 yoşgaça, 287 nafari 40-50 yoşgaça, 252 nafari 50-60 yoşgaça, 71 nafari 60 yoşdan yuqori;
- mutaxassisligi böyiça: 270 nafari öqituvçi, 123 nafari iqtisodçi, 137 nafari muhandis, 52 nafari agronom, 41 nafari huquqşunos, 9 nafari şifokor, 21 nafari quruvçi, 5 nafari tovarşunos, 10 nafari san’atkor va sportçi hamda 166 nafari boşqa soha vakillari.

















