16 may kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi raisi Kun.uz muxbirining qömita har bir telefon uçun undirilayotgan 54 ming sömlik tölov kalkulyatsiyasi borasida tekşiruv ötkazişi ehtimoli böyiça savoliga javob berdi.
Qömita raisi Şohrux Şorahmedov UzIMEI va şunga öxşaş holatlar (yagona imtihon markazi, radarlar) kun tartibidagi murakkab masala bölib qolayotganini ta’kidladi.
“Çunki bizda UzIMEI va şunga öxşaş boşqa davlat funksiyalarini bajariş davlat yoki xususiy kompaniyalarga berilganda raqobat qonuniga mosmi, mos emasmi, degan masala yuzaga kelmoqda. Bu holatni biz raqobat nuqtayi nazaridan nazorat qila olamizmi yoki yöqmi, bizning vakolatga kiradimi, degan masala köndalang turibdi.
Masalan, UzAutöni olaylik. Kompaniya maşina işlab çiqaradi va bu – bozor. Uşbu holatda raqobat töğrisida gapirsak böladi. Radar, UzIMEI yoki imtihonlarni qabul qiliş masalasi tadbirkorlik masalasi emas, davlat funksiyasini boşqa davlat korxonasiga yoki xususiy kompaniyaga beriş hisoblanadi. Davlat funksiyasi tadbirkorlik sub’yektlari yoki boşqa davlat korxonasiga berilganida bu bizning vakolatga kiradimi yoki yöqmi, degan masala turibdi”, — dedi u.
Şohrux Şorahmedov metodik kengaş tuzgan holda yuqoridagi kabi 3-4 ta holatga birdan yeçim berilişini ma’lum qildi.
“Radarni auksionda beriş, UzIMEI’ni röyxatdan ötkaziş yoki “prava” beriş tadbirkorlik faoliyati emas, davlatdan ruxsatnoma beriş jarayoni. Şuning uçun davlat funksiyasi boşqa korxonalarga berilişini nazorat qiliş bizning qonunimizga mosmi, uni nazorat qiliş vakolatimizga kiradimi, yoki boşqa organning vakolatimi, işlar töğri amalga oşirilmoqdami, xizmatga olinayotgan mablağlar töğrimi, şu kabi metodologik masalalar ustida işlayapmiz.
20 kun vaqt bering, ma’lumot bölişi bilan biz öz pozitsiyamizni bildiramiz”, – dedi rais.
Eslatib ötamiz, joriy yilning fevral oyida AKT vaziri Şerzod Şermatov Kun.uz'ga bergan intervyusida UzIMEI borasida pozitsiyasini bildirgan edi.

















