Xalq ta’limi vazirligi xabariga köra, joriy yilning 25 may kuni barça umumiy örta ta’lim muassasalarida 2021-2022 öquv yili yakunlanib, “Sönggi qönğiroq” tadbirlari bölib ötadi.

Uşbu tadbirni taşkil etiş böyiça Xalq ta’limi vazirligi tavsiyalar işlab çiqib barça maktablarga yubordi. Tadbirlar maktab hovlisi boğida yoki soya salqin oçiq maydonlarida ötkaziladi. Maktab hududiga begona şaxslarning kiritilmasligi nazoratga olinadi.

Maktablarda mazkur tadbir soat 8:00 dan 8:45 ga qadar, tavsiya etilgan ssenariy asosida taşkil etiladi. Unda yil davomida a’lo baholarga öqib, eng yuqori reyting körsatkiçlariga erişgan iqtidorli bitiruvçilar taqdirlanib, rağbatlantiriladi.

“Şu örinda, barçaga “Sönggi qönğiroq” tadbirlari, bosqiçli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini ötkazişda, ta’lim muassasalarini yangi öquv yiliga tayyorlaş borasida öquvçi va bitiruvçilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yiğimlari qat’iyan taqiqlanganligini eslatib ötamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Umumiy örta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda öqituvçilardan bitiruvçilar tomonidan turli qimmatbaho sovğalar taqdim etiş, qöşimça turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.k.da banket yoki boşqa marosimlar) ötkaziş va yengil avtomaşinalarda sayr taşkil etiş oldini olişga alohida e’tibor qaratiş söralgan.

Maktablarning “Kuzatuv kengaşi” a’zolari yuqorida keltirib ötilgan tavsiyalarga amal qilinişi ustidan nazorat olib boradi.