Bugun, 20 may kuni Qonunçilik palatasida parlament palatalari kengaşlarining konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasiga bağişlangan qöşma majlisi bölib ötdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, majlisda Konstitutsiyaviy islohotlar böyiça komissiya tarkibi tasdiqlanib, uning faoliyatini tartibga soluvçi nizom qabul qilindi.
Tadbirda deputat va senatorlarning konstitutsiyaviy islohotlar zarurati böyiça fikrlari ham eşitildi. Bu borada jumladan, Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov Özbekiston konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş zaruratini AQŞ konstitutsiyasida ham özgarişlar bölgani bilan asoslaşga harakat qildi.
«Hozir yangi bir konstitutsiyaviy yondaşiş – «Inson, jamiyat, davlat» degan bir yangi metodologik paradigma ilgari surilyapti.
Men tarixga bir qaradim. Masalan, AQŞda birinçi konstitutsiya bu davlat konstitutsiyasi edi. Öşa AQŞning 1787 yilda qabul qilingan konstitutsiyasi 7 ta moddadan iborat va unda faqat davlat organlari bilan boğliq masalalar tartibga solingan. Kongress, prezident, oliy sud, federatsiya masalalari va hokazo. Hatto (bu hujjatda) “inson huquqlari” degan söz bölmagan. Mana şu birinçi tölqin, ya’ni XVIII-XIX asrlarda qabul qilingan konstitutsiyalarini davlatning konstitutsiyaviy maqomiga bağişlangan deyiş mumkin. Bu birinçisi.

Ikkinçi tölqin konstitutsiyalari XX asrda qabul qilina boşlandi, ya’ni 70-80 yillargaça. Bularni men inson huquqlariga bağişlangan konstitutsiyalar deb nomlagan bölardim. Mana şu davrda qabul qilingan hamma konstitutsiyalarda inson huquqlari birinçi öringa çiqa boşladi, ya’ni bu yerda insonni konstitutsiyada örnini belgilab bora boşlandi. Sönggi 25, 30 yilda qabul qilingan konstitutsiyalarga fuqarolik jamiyati institutlari qöşila boşlandi. Masalan: bizning hozirgi, amaldagi konstitutsiyani körsangiz, uçinçi bölimining nomi “Jamiyat va şaxs” deyilgan. “Fuqarolik” degan söz yöq edi, çunki biz 90 yillarda fuqarolik jamiyati deb köp gapirmas edik. Mana endi töliq ayta olamizki, fuqarolik jamiyati va şaxs deyişga tölaqonli asosimiz bor.
Hozirgi kunda konstitutsiyamizning 32-moddasida jamoatçilik nazorati, jamiyatning ijroiya hokimiyati ustidan amalga oşiradigan jamoatçilik nazorati ham töliq nazarda tutilgan», – dedi u.
Deputat öz sözida ijtimoiy tarmoqlarda konstitutsiyaviy islohotlar böyiça fikr bildirayotgan ayrim foydalanuvçilarni islohotlar mazmunini tuşunmayotganlikda ayblagan.


















