Bryussel tomonidan sanksiyalar kiritilgan milliarderlar Pyotr Aven va Mixail Fridman Yevropa sudiga Yevropa kengaşi ustidan da’vo arizasi berdi.
Aven da’vo arizasini 23 may kuni, Fridman 24 may kuni bergan.
Aven va Fridman Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya sababli» Yevroittifoq sanksiyalar röyxatiga kiritilgandi.
Ta’kidlanişiça, Aven «hokimiyatdagi aloqalari ortidan daromadga ega bölgan», Fridman esa «Vladimir Putin ma’muriyati bilan mustahkam aloqalar örnatgan».
Aprel oxirlarida milliarder Alişer Usmonov Yevropa kengaşi ustidan Yevropa sudiga ariza bergandi. Unga nisbatan ham 28 fevralda sanksiyalar joriy etilgandi.
May oyida VEB.RF korporatsiyasi va uning rahbari Igor Şuvalov ana şunday ariza bergan. Şuningdek, Yevropa sudida «Magnit» aksiyadori Aleksandr Vinokurov (Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning kuyovi), biznesmenlar Dmitriy Pumpyanskiy (TMK va «Sinara» guruhi aksiyadori), Vadim Moşkoviç (Rusagro aksiyadori), Igor Kesayev («Merkuriy» aksiyadori) va Andrey Melniçenko (Yevroxim aksiyadori), Dmitriy Mazepin («Uralxim», «Uralkaliy», «Tolyattiazot» egalaridan biri) arizalari röyxatga olingan.

















