
Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev Telegram-kanalida Namangandagi dahshatli YTH haqida so‘z yuritdi. Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda avtomobil yo‘lida yurish haddan ziyod xavfli bo‘lib qolayotganiga sabab – jazo muqarrar emasligi.
“Kosonsoyda dahshatli avariya bo‘libdi: katta tezlikdagi “Jiguli” boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi 7-sinf o‘quvchisini majaqlab bosib ketgan. Bola qochishga uringan, ammo “Jiguli” aynan bola qochayotgan tomonga bosib borgan. Eng dahshati shuki, “Jiguli”ning rulida ham 14 yoshli bola bo‘lgan.

To‘g‘ri, ajaldan qochib qutulib bo‘lmaydi. Lekin, bilmadim, aynan shu vaziyatda va shu kabi boshqa holatlarda bunday xulosaga ko‘nolmayman. Tinch zamonda yo‘l chetida maktabdan uyiga (yoki uyidan maktabga) tinchgina ketayotgan shu marhum bolakay o‘rnida har birimizning farzandimiz, ukamiz, jiyanimiz bo‘lishi mumkinligini o‘ylaganim sari, qonim battar qaynaydi. Tinch zamon, lekin ko‘chada yurish, yo‘lni kesib o‘tish qo‘rqinchli – xavf qayerdan kelishini bilmaysan. Zamon tinch, lekin xotirjamlik yo‘q qandaydir. Nega bunday?
Ko‘chalarimiz bo‘ylab katta tezlikda va betartib harakatlanayotgan hamda bu “qahramonligi”ni maqtanish, ko‘z-ko‘z qilish uchun o‘z qo‘li bilan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotganlarning videolari kunda-kunora tarqalyapti. Bunday videolar kamaymayapti, “qahramonlik” darajasi esa oshgandan-oshmoqda: bir-ikki yil oldin soatiga 200 kilometr tezlikda yurganlarning videosini ko‘rib “vo!” degan olomon, endi soatiga



















