Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 13 may kuni Baxmal tumani «Gulbuloq» MFYda yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan fuqaro yaşaş xonadonida xotini bilan janjallaşgan.

Bundan xabar topgan ayolning qarindoşlari kelib janjalga aralaşgan. Tomonlar örtasida kelib çiqqan muştlaşuvda kelinning ukasi yigitning otasiga teşa bilan jarohat yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvçi oğir tan jarohatlari olib, qişloq vraçlik punktida vafot etgan.

Yana bir holatda, 2022 yil 17 may kuni Baxmal tumani «Bunyodkor» MFYda yaşovçi şaxs şu mahallada yaşovçi akasining xotiniga xöjalik piçoği bilan tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda ayol körsatilgan muolajalarga qaramasdan şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, yuqoridagi ikkita holat böyiça qasddan badanga oğir tan jarohatlari yetkazib, inson ölimiga sabab bölgan har ikkala şaxsga Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ularga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.