Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 31 may kungi yalpi majlisida moliya vaziri Timur Işmetovning davlat budjeti böyiça hisoboti tinglandi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, hisobot doirasida “Taşabbusli budjet” loyihasi böyiça ham fikrlar yangradi.

“Adolat” partiyasi deputati Muhammadjon Valiyev loyiha doirasida sun’iy ovoz yiğiş, til biriktiriş yoki ta’lim sohasi xodimlarini jalb qiliş kabi holatlar bölganini aytib, vazirdan bular takrorlanişining oldini oliş uçun qanday çoralar körilayotganini söradi.

Işmetov bu fikrga qöşilmasligini aytdi.

Uning sözlariga köra, “Taşabbusli budjet” loyihasida ötgan yili 1,1 mln nafar, bu yil esa 6,7 mln nafar fuqaro iştirok etgan.

“Mazkur raqamlarning özi körsatadiki, odamlarda qançalik darajada muammolar köp, mana şu muammolarni esa ular özlari hal qilişga harakat qilişga tayyor. Bu yerda aytilgan ayrim gaplarga, men uzr sörayman, qöşilmayman. Nimagadir şu “Adolat” partiyasi bu masalani bir “tilamçilik” deydi, bir yana nimadir yoki “til biriktiriş” deydi. “Xalq uçun dolzarb bölmagan loyihalar berilyapti”, deydi. Men bu jarayonlarda til biriktiriş degan narsani tuşunmayman.

Köp joylarda körganmiz, ayrim mahallalarda ham. Mahallada fuqarolar soni kam bölgani uçun har bir mahalla özining loyihasi uçun ovoz berib, arzimagan son bilan tumanda loyiha yutmagandan köra, odamlar bir-biri bilan gaplaşib: “Qöyinglar, bir gal şu atrofdagi mahallalardan biri bizning loyihaga ovoz bersin, keyingi safar biz ularning loyihasiga ovoz beramiz”, deb harakat qilişadi. Mana bizning özbek xalqi qançalik sabrli, yuragi keng. “Mayli, bizning muammo keyingi yil hal bölsin, bu gal yana bir yil kutamiz”. Lekin mana hal bölsin deganda qöllanayotgan taktika va strategiyalar. Men uzr sörayman, çunki men bu jarayonni sun’iy ovoz yiğiş yoki qandaydir til biriktiriş deb hisoblamayman.

Albatta, kamçiliklar bor. Qayerdadir turli xil taktikalarni qöllab, kimdirlar 2 ming sömdan pul yiğgan, boşqa qilgan. Lekin bularni qilgan taşabbuskorning işini şu jarayonda qatnaşgan barça odam qilişi mumkin. Ular ham şu işni qilsa böladi, imkoniyat hamma uçun bir xil.

Biz ötgan yilgi natijalardan qoniqmaganimiz uçun deputatlarga, OAV, taniqli blogerlarga murojaat qildik: “Mana şu davlatning loyihasini tarğib qilişga yordam beringlar, odamlar işonmayapti”, deb. Hammaning fikrini eşitdik, şunga qarab ovoz beriş, röyxatdan ötiş jarayonlarini soddalaştirdik. Ötgan yilgi ovoz beriş qiyin bölgan jarayonlarda 1 milliondan ziyod odam qatnaşgan bölsa, soddalaştiriş hisobiga 6 mln 700 nafar fuqaroni qamrab oldik.