Davlat bojxona qömitasi axborot xizmatining xabar berişiça, Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi tezkor xodimlari DXX bilan hamkorlikda Oqdaryo tumanida ötkazgan tezkor tadbirda fuqarolardan biri hovlisida 404 tup köknori giyohvandlik ösimligini yetiştirayotgani aniqlangan.
Şuningdek, Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari DXX va IIB xodimlari hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda Urganç tumanida yaşovçi şaxs tomorqasi va boğida 532 tup köknori giyohvandlik ösimligini östirayotgani aniqlangan.


Qayd etilişiça, joriy yil 5 oy davomida bojxonaçilar 164 ta qonunbuzarlik holatida 547 kilogramm ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyişgan.
Avvalroq, Juma şahridagi sement omborida 2 ming tupdan oşiq marixuana giyohvandlik ösimligini östirib kelayotgan şaxslar uşlangandi.

















