Namanganda 15 mingga yaqin tomoşabin qarşisida ötgan uçraşuv Eldor Şomurodovga ataldi. «Roma» forvardi ilk daqiqadayoq raqib xatosidan unumli foydalanib, hisobni oçdi – 1:0.
51-daqiqadaga kelib Jaloliddin Maşaripovning uzatmasidan keyin Şomurodov öyinda dublini rasmiylaştirdi – 2:0.
80-daqiqada esa Eldor raqibning xatosini yana bir karra jazolab, bahsda het-trikni rasmiylaştirdi – 3:0.
86-daqiqada esa yana bir legioner – zaxiradan maydonga tuşgan Oston Örunov öyindagi 4-golga mualliflik qildi – 4:0.
Şu tariqa, Sreçko Katanets murabbiyligidagi Özbekiston milliy jamoasi oçkolari sonini 6taga yetkazib, guruhda töplar nisbatiga köra Tailanddan özgan holda yana peşqadamga aylandi.
Osiyo kubogi-2023 saralaş bosqiçi
S guruhi. 2-tur. 11 iyun
Maldiv orollari – Özbekiston – 0:4
Namangan, «Markaziy» stadion.
Boş hakam: Ma’sud Tuhayli (Suriya)
Gollar: Eldor Şomurodov 1, 51, 80, Oston Örunov 86.
Maldiv: 22.Muhammad Faysal, 2.Samuh Ali, 3.Ahmad Nu’mani, 4.Husayn Yusuf, 7.Ali Fasir, 8.Aysam Ibrohim, 10.Hamza Muhammad, 13.Akram Abdul Ğani, 14.Hoşam Hassan, 17.Ibrohim Maxudi, 23.Husayn Nihan.
Özbekiston: 12.Ötkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farrux Sayfiyev, 5.Rustam Aşurmatov, 18. Abdulla Abdullayev, 7.Otabek Şukurov, 9. Odil Hamrobekov, 17.Dostonbek Hamdamov (22.Oybek Bozorov, 46), 20.Azizbek Amonov (19.Azizbek Turğunboyev, 46), 10.Jaloliddin Maşaripov (15.Oston Örunov, 62), 14.Eldor Şomurodov (6.Sardor Sobirxöjayev, 82).

















