Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida fuqarolar va IIB xodimlari janjallaşgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda aytilişiça, Fuqarolik işlari böyiça Denov tumanlararo sudi 2022 yil 2 fevral kunidagi “Noqonuniy qurilişlarni majburiy tartibda buzdiriş” hamda “Noturar yer maydonidan çiqariş haqida”gi qaror çiqargan.

Sud qarori hamda MIB Oltinsoy tumani bölimining ijro hujjatiga asosan MIB Oltinsoy tuman bölimi, tuman IIB hamda tegişli taşkilotlardan iborat işçi guruh, joriy yil 8 iyun kuni soat 10:00 larda majburiy ijro harakatlari belgilangan joyga borişganida, javobgarlar ijro harakatlari bajarilişiga tösqinlik qilgan.

Bundan taşqari, MIB va IIB xodimlarining harakatlariga faol qarşilik körsatib, mas’ullarga toş va ğişt bölaklarini otişgan.

Oqibatda, jamoat tartibini buzib, davlat organlari xodimlariga tan jarohati yetkazgan 4 nafar fuqaro majburiy tarzda tuman IIBga olib borilib, ularga nisbatan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan örnatilgan tartibda tekşiruv işlari ötkazilmoqda.