13 iyun kuni Toşkentda Faol fuqarolar haftaligi iş boşladi. Haftalik beş kun mobaynida uç mingdan ziyod iştirokçilar — nodavlat notijorat taşkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, vazirlik va taşkilotlar, mahalliy boşqaruv organlari, ekspertlar, faol fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillarini bitta muloqot maydoniga jamlaydi.
Maqsad — 2022—2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiliş.
Faol fuqarolar haftaligi doirasida forum, konferensiya, davra suhbati, munozara, telemuhokama, trening, marafon şaklidagi 30 dan ziyod tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan. Jumladan, “Jamoatçilik iştirokining innovatsion usullari” forumi, “Yaşil” iqtisodiyot va innovatsiyalar – barqaror rivojlaniş drayveri” mavzusida ekologik forum, “Oramizdagi qahramonlar” loyihasi doirasida taqdirlaş marosimi bölib ötadi.
Faol fuqarolar haftaligini ötkaziş zarurati nimada? Ekspertlarning e’tirofiça, Özbekistonning siyosiy qiyofasi yangilanişi bilan birga, odamlarning ham, fuqarolik jamiyatining ham dunyoqaraşi özgarmoqda. Bugun islohotlar samaradorligini oşirişda, taraqqiyot dasturlarini hayotga tatbiq qilişda va qonunçilik hujjatlarini takomillaştirişda fuqarolik jamiyati institutlari katta salohiyatga ega.

Fuqarolik jamiyati institutlari, birinçi navbatda, fuqarolarning turli toifalari manfaatlarini ifodalaydi, şu boisdan turli darajadagi muhim qarorlarni qabul qiliş jarayonlarini qamrab olişga yordam beradi.
Ikkinçidan, ular jamoatçilik nazoratining sub’yektlari sifatida davlat sektorida şaffoflikni hamda davlat dasturlari va loyihalarini amalga oşirişda muvozanat tizimini ta’minlaydi.
Uçinçidan, fuqarolik jamiyati institutlari hududlarning öziga xosligi va aholining salohiyatini inobatga olgan holda dolzarb muammolarni hal etiş böyiça innovatsion ğoyalar va amaliyotlarni taklif etişi mumkin.

Muhim qarorlar işlab çiqiş va qabul qilişda fuqarolarni jalb qiliş Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan demokratik islohotlar – biz uçun yagona töğri yöldir, jamiyatning özi esa mamlakatdagi islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisidir, degan tamoyilning tasdiğidir.




















