Telegram kanallarida tarqalgan videoda ayol hamxonasi bilan suhbatlaşa turib çaqaloğini uxlatişga uringani, biroq u uyquga ketavermagaç ğazab otiga minib uning boşiga bir neça marta tarsaki tuşirgani, bu bilan ham qanoatlanmay uni qattiq silkilagani va örniga otib yuborgani aks etgan.

Suhbatdoşi bunday qilmasligini, uning harakatlaridan xavotirga tuşayotganini aytsa-da ayol tinçlanmaydi. Videodan ayol bu işni sal avval ham qilgani va hamxonasi keyingi jazava jarayonini tasvirga olganini taxmin qiliş mumkin. Kadrda köringan detallar voqea şifoxonada sodir bölganini körsatmoqda.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, holat qaçon, qayerda, kim tomonidan sodir etilgani Samarqand viloyat IIB tomonidan örganilmoqda.

“Natijasi böyiça jamoatçilikka ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Xöjaylida ona yoş bolalarini kaltaklab, «bir “oşibka”san, xolos» deb xörlaşi aks etgan video tarqalgan, suriştiruvlar davomida voqea 2020-2021 yillarda sodir bölgani aniqlangan va holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgandi.