Shu kunlarda 1 iyuldan tonirovka uchun to‘lovlar bekor qilinishi kutilayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Kun.uz ushbu mish-mishlar qanchalik haqiqatga yaqin ekaniga oydinlik kiritish maqsadida IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.
«Hozircha avtomobil oynalarini qoraytirish 1 iyuldan bekor qilinishi bo‘yicha bizda ma’lumot yo‘q. Bu borada rasmiy ma’lumotga ega bo‘lishimiz bilan bu haqda IIVning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi», degan IIV rasmiysi.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda tonirovkani bekor qilish so‘ralgan murojaatlar yana ko‘paydi. Bunga yildan yilga jazirama tafti kuchayib borayotgani, 40–50 daraja issiqda qoraytirilgan oynalar huzur-halovat emas, hayotiy ehtiyoj hisoblanishi bot-bot takrorlanmoqda. Internet foydalanuvchilari davlat va hukumat mas’ullariga murojaat qilib, fuqarolarning talablariga e’tibor qaratishni so‘rashmoqda.
Aslida aprel oyidayoq internetda foydalanuvchilar avtomobil oynalarini qoraytirishni bepul qilishni so‘rab chellenj boshlashgan, ko‘plab o‘zbekistonliklar o‘z sahifalariga #tonirovka_jinoyat_emas heshtegi bilan videolar joylashgandi.
Bir necha kun muqaddam Kun.uz bloger Shavkat Hasanning videomurojaati haqida yozgan edi. U mashinasining orqa yon oynalariga yopishtirilgan tonirovka muddati 1 hafta oldin tugaganini YPX xodimi to‘xtatganida bilgan, shundan so‘ng 7,5 mln so‘mlik jarima miqdori oynani qasddan noqonuniy qoraytirgan fuqarolarga ham, ruxsatnoma muddati o‘tgan fuqarolarga ham birdek baravar ekanidan norozi ekanini









