AQŞ Moliya vazirligi «Putinning uruş maşinasi», ya’ni Rossiya harbiy sanoati bilan boğliq bölgan 70 ta taşkilot hamda 29 kişiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda 28 iyun, seşanba kuni idora saytida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.
«Rostex» davlat korporatsiyasi, şuningdek, uning uluşi 50 foizdan ortiq bölgan barça şuba korxonalariga sanksiyalar joriy etildi. AQŞ Moliya vazirligi korporatsiyani Rossiyaning «mudofaa, sanoat, texnologik va işlab çiqariş sanoatining poydevori» deb atadi. «Rostex» boşqaruv apparati turli sohalardagi 800 dan ortiq taşkilotlarni öz içiga oladi, deya ta’kidlaydi AQŞ Moliya vazirligi.
Korporatsiyaga qarşi sanksiyalar, jumladan, «Rossiyaning Ukrainaga havo hujumini davom ettiriş qobiliyatini» zaiflaştirişga qaratilgan. «Rostex», uning şuba va bölinmalari «Rossiya harbiylarining samolyotlar va tegişli jihozlarni sotib oliş, ularga texnik xizmat körsatiş va almaştiriş qobiliyati uçun juda muhim», deb yozadi idora «Rostex» tarkibiga kiruvçi «Birlaşgan aviatsiya korporatsiyasi» (BAK) haqida.
«Kamaz» va BAK şu’ba korxonalari ham sanksiyalar ostida qoldi: Moliya vazirligi «Rossiyaning yetakçi işlab çiqaruvçisi, strategik bombardimonçi samolyotlar va uzoq masofali samolyotlar işlab çiqaruvçisi» deb ataydigan «Tupolev» korxonasi, qiruvçi samolyotlarni işlab çiqaruvçi «Irkut», «Beriyev nomidagi Taganrog aviatsiya ilmiy-texnika majmuasi», «Texnodinamika» AJ, fuqaroviy va harbiy samolyotlar, jumladan, Il-76 oğir transport samolyotlarini işlab çiqaruvçi «S.V.Ilyuşin nomidagi aviatsiya majmuasi» hamda boşqa korxonalar şular jumlasidan.
AQŞ Moliya vazirligi sanksiyalar ostida qolgan kompaniyalar, şuningdek, «Rostex» şuba korxonalarining barça şeriklariga joriy yilning 11 avgustiga qadar ular bilan barça operatsiyalarni töxtatişni topşirdi.
Sobiq mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukov va uning yaqinlari, şuningdek, Mudofaa vazirligining sobiq xodimi Yevgeniya Vasilevaga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. 2012 yilning noyabrida Serdyukov Mudofaa vazirligiga qaraşli «Oboronservis» kompaniyasidagi mablağlarni özlaştiriş mojarosi tufayli işdan böşatildi. Bu iş böyiça «Oboronservis» direktorlar kengaşi a’zosi Yevgeniya Vasileva ham sudlandi. U, OAV ma’lumotlariga köra, Serdyukov bilan yaqin munosabatda bölgan.
«Rostex» kompaniyasining maxsus topşiriqlar böyiça direktori, «Apostol» pr-agentligi asosçisi Vasiliy Brovko va uning rafiqasi, teleboşlovçi va «Gazprom-Media» boş direktori örinbosari Tina Kandelaki ham sanksiyalar ostida qoldi. Ulardan taşqari, «Donbass köngillilari ittifoqi» (DKI) bilan aloqador 17 kişiga nisbatan ham sanksiyalar qöllanildi. 2015 yilda taşkil etilgan taşkilot Donbass faxriylariga rasman ijtimoiy va moliyaviy yordam körsatadi. «Meduza» xabar berişiça, DKI uruşda qatnaşiş uçun yollanma askarlarni ham jalb qilmoqda.

















