Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, “Mikrokreditbank” ATB Sirdaryo viloyat mintaqaviy filiali xodimlari A.U. va O.Yu. hamda “MUXAMMADJON NURLI FAYZ” MÇJ norasmiy rahbari S.D. bilan özganing mulkini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qiliş maqsadida oldindan jinoiy til biriktirgan.
Ular 2020 yil avgust oyida tadbirkorlar J.A. va Q.G.ning nomiga tikuvçilik faoliyatini takomillaştiriş maqsadi bilan çiqarilgan 60 million söm kredit hujjatlarini hamda kafil sifatida iştirok etmagan fuqaro N.M. va fuqaro O.I.ni kafil sifatida rasmiylaştirib, ularning nomidan bajarilgan imzo va yozuvlarni soxtalaştirgan.
Söng 60 million sömni norasmiy rahbari S.D. bölgan, hisobida tikuvçilik uskunalari bölmagan, “MUXAMMADJON NURLI FAYZ” MÇJ hisob raqamiga ötkazib, pullarni naqdlaştirib, özining şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Guliston şahar IIB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi, 228-moddasi 3-qismi va 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda ATB “Mikrokreditbank” Sirdaryo mintaqaviy filiali sobiq xodimi A.U. va boşqalarni ayblaş haqidagi jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qaşqadaryoda pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan bank xodimlari aniqlangandi.

















