Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, 2022 yil 26 iyun kuni soat 15:30 larda Past Darğom tumani Baxşivoyi mahallasi hududidan ötgan içki yölda odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
19 yoşli yigit öz boşqaruvidagi Nexia bilan ketayotib qoidalarni buzgan holda özidan oldinda ketayotgan maşinasini quvib ötmoqçi bölganda qarama-qarşi tomondan kelayotgan Labo maşinasi bilan töqnaşgan.
Oqibatda, Labo maşinasining 33 yoşli haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan. Ammo şifokorlar tomonidan körsatilgan muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.
Suriştiruvlarda, ikkala haydovçi ham haydovçilik guvohnomasiga ega emasligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Past Darğom tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda tezlik qoidalarini buzib harakatlangan Nexia haydovçisi sodir etgan YTHda 52 yoşli ayol vafot etgandi.
















