“Özbekiston Respublikasida olib borilayotgan oçiqlik va xohiş-irodani erkin ifoda qiliş siyosatiga qaramay, 2022 yil 1 iyul kuni Nukus şahrida bir guruh jinoyatçi şaxslar Qoraqalpoğiston Respublikasining davlat boşqaruvi organlarini egallaşga urinişda ifodalangan ğayriqonuniy harakatlarni taşkil etdi.

Populistik şiorlarni niqob qilib olib, fuqarolarning ongi va işonçini manipulyatsiya qilib, tartibsizliklar taşkilotçilari hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga böysunmay, respublika fuqarolarini Qoraqalpoğiston Respublikasining ma’muriy binolari oldidagi maydonga yiğdilar.

Iğvogarlar yiğilgan fuqarolarga tayangan holda uşbu davlat muassasalarini egallab olişga va şu orqali jamiyatda ixtilof keltirib çiqariş, Özbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini izdan çiqarişga urindilar.

Huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan qabul qilingan qat’iy çoralar bilan taşabbuskorlarning ğayriqonuniy hatti-harakatlari töxtatilib, ommaviy tartibsizlik uyuştirişga urinişlar tarqalişiga çek qöyildi.

Şuni işonç bilan aytamizki, davlatimiz vaziyatni yanada beqarorlaştirilişiga yöl qöymaslik uçun barça zarur salohiyatga ega. Ommaviy tartibsizliklar taşkilotçilarining bir guruhi hamda huquqni muhofaza etuvçi organlarga faol qarşilik körsatgan şaxslar qölga olingan. Hozirda ularga nisbatan tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Barça iğvogarlarning şaxsi aniqlanadi va ular amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilişi ta’minlanadi.

Respublikadan taşqaridagi nosoğlom kuçlarning Qoraqalpoğistondagi vaziyat rivojiga, şu jumladan aniq yönaltirilgan axborot xurujlari va röy berayotgan voqealarni qasddan buzib körsatiş orqali ta’sir qilişga urinişlari qayd etilmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyatda jamoat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlaşda, fuqarolarni ğayriqonuniy xatti-harakatlardan ogohlantirib, yuzaga kelgan masalalarni qonun doirasida hal qilişda birgalikda sa’y-harakat qilişga çaqiramiz”, deyiladi rasmiy relizda.

Keça, 1 iyul kuni Özbekiston Içki işlar vazirligi bergan ma’lumotga köra, 1 iyul soat taxminan 15.00 lardan boşlab Nukus şahrida ayrim fuqarolar konstitutsiyaviy islohotlarni “notöğri talqin qilişlari oqibatida, kutilmaganda köça yurişlarini taşkil qilib, Nukusning Markaziy dehqon bozorida töplanib, namoyişlar uyuştirişgan”.