Prezident farmoni bilan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaş, ularning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida 3 iyul soat 00:01 dan 2 avgust soat 00:00 gaça favqulodda holat joriy etildi.
Favqulodda holat davrida soat 21:00 dan 7:00 gaça komendantlik soati amal qiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi hududining komendaturasi taşkil etilib, unga “Favqulodda holat töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonunida nazarda tutilgan barça vakolatlar berildi. Milliy gvardiya qömondoni Rustam Jörayev Qoraqalpoğiston komendanti etib tayinlandi.
Favqulodda holat davrida quyidagi çoralar va vaqtinçalik çeklovlar örnatiladi:
- jamoat tartibini, öta muhim va toifalangan obektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovçi infratuzilma obektlarini muhofaza qiliş kuçaytiriladi;
- Qoraqalpoğiston hududida harakatlaniş erkinligi çeklanadi, şu jumladan transport vositalari uçun ham;
- fuqarolarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar tekşirilişi, ularning şaxsiy körikdan ötkazilişi, ulardagi aşyolar va transport vositalari közdan keçirilişi ta’minlanadi;
- Qoraqalpoğiston hududiga kiriş va undan çiqiş çeklanadi;
- tinç yiğilişlar, köngiloçar, sport va boşqa ommaviy tadbirlar taşkil etilişi va ötkazilişi taqiqlanadi;
- yuridik şaxslar faoliyatini töxtatib turiş yoki tugatişga qaratilgan iş taşlaşlar va boşqa har qanday harakatlar taqiqlanadi;
- qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilişi taqiqlanadi;
- dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etiladi;
- jismoniy şaxslardan qurol va öq-dorilar, zaharli moddalar, yuridik şaxslardan esa qurol, öq-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va öquv-harbiy texnika, portlovçi va radiaktiv moddalar vaqtinçalik olib qöyiladi.
Fuqarolar hayoti va soğliği uçun aniq tahdid, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlariga hujum qiliş, ularning qurol va texnikasini egallab oliş holatlarini inobatga olib hamda "Favqulodda holat töğrisida"gi konstitutsiyaviy qonunning 23-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kuçlari va vositalari

















