Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi sement zavodining maxsus kiyimini kiyib olgan şaxs tomonidan itlar tiriklayin kuydirilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Hodisa yuzasidan Jizzax viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Unda yozilişiça, Zafarobod tumani IIB xodimlari tomonidan xabar yuzasidan suriştiruv işlari olib borilganda, itni tiriklayin kuydirgan şaxs Xitoyda tuğilgan, Zafarobod tumani “Çimqörğon” QFYda joylaşgan “Xuaxin” özbek-xitoy qöşma korxonasida mexanizator bölib işlovçi Man Ming ekanligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Zafarobod tuman IIB hodimlari tomonidan hayvonlarga şafqatsiz munosabatda bölgan Man Mingga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş) körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani tufayli ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida joylaşgan sement zavodida xitoylik işçilar eşak söyib iste’mol qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Tuman hokimligi axborot xizmati hodisa Kitob tumanida sodir bölmaganini bildirgandi.

















