Bugun, 8 iyul kuni Oliy Majlisi Senatining yigirma sakkizinçi yalpi majlisi bölib ötmoqda. Majlis doirasida Moliya vaziri Timur Işmetov davlat budjetining 2021 yil yakunlari hamda 2022 yil I çorakdagi ijrosi töğrisidagi ma’lumotlarni öqib eşittirdi.

Qayd etilişiça, 2021 yilda ta’lim sohasiga budjetdan 39,6 trln söm ajratilgan. Şundan, qariyb 8 trln söm maktabgaça ta’lim sohasiga, 4,4 trln söm kadrlar tayyorlaşga, 27, 2 trln söm esa umumiy ta’limga yönaltirilgan. Xususan, yotoqxonalar bilan qamrab olinmagan 8 ming nafar talabalar oylik ijarasining 50 foizini qoplab berişga 6,2 mlrd söm ajratilgan.

Hisobot davrida sport sohasiga ajratilgan mablağlar 1,5 trln sömni, soğliqni saqlaş sohasi xarajatlari esa 23,3 trln sömni taşkil etgan. Bu körsatkiç 2020 yilning mos davriga nisbatan 20 foizga köp bölgan. Şundan koronavirusga qarşi kuraşiş va vaksina sotib oliş bilan boğliq xarajatlar uçun 4,3 trln söm, pandemiyaga qarşi jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xodimlarini qöşimça rağbatlantiriş uçun 1,4 trln yönaltirilgan.

Davlat budjeti daromadlari hajmi 2021 yilda oldingi yilga nisbatan deyarli 32 trln sömga ösgan. Joriy yilning birinçi çoragida ham ijobiy ösiş sur’atlari saqlanib qolgan.

2022 yilning I çoragida davlat budjeti daromadlari ötgan yilning mos davriga nisbatan 8 trln sömga köpaygan.