Vazirlik hozirda Qoraqalpoğiston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topşirişda uzilişlar kuzatilayotgani sababli, qoraqalpoğistonlik abituriyentlar uçun qabul uzaytirilişini ma’lum qildi.

«Bu jarayon hukumat tomonidan töliq nazoratga olingan bölib, hozirda hujjat topşirişga ulgura olmagan qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun onlayn röyxatdan ötiş muddati uzaytirilişi kutilmoqda.

Uşbu masala tez orada ijobiy yeçimini topadi va bu haqidagi ma’lumot qoraqalpoğistonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum mobile) SMS xabar tarzida, şuningdek, hududiy telekanallar orqali yetkaziladi», deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uçun, bugun, 10 iyul – OTMning çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan ta’lim yönalişlari hamda akademik litseylarga qabulning sönggi kuni hisoblanadi.

2022/2023 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar maktablariga onlayn hujjat topşiriş jarayonlari 20 iyul kuniga qadar davom etadi.

Avvalroq, Davlat test markazi direktori örinbosari Sardor Rajabov Kun.uz’ga bergan intervyusida qoraqalpoğistonlik abituriyentlar qabuldan qolib ketmasligi va teng imkoniyat berilişini ma’lum qilgandi.