Ukraina 1 million kişilik qöşinni töplamoqda, uning vazifalari Ğarb tomonidan yetkazib berilgan qurollar yordamida mamlakat janubidagi Ukraina hududlarini Rossiyadan qaytarib olişni öz içiga oladi. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov 10 iyul, yakşanba kuni çop etilgan The Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Reznikovning sözlariga köra, prezident Volodimir Zelenskiy ukrainalik harbiylarga Qora dengiz sohilidagi Ukraina iqtisodiyoti uçun muhim bölgan bosib olingan hududlarni qaytariş böyiça körsatma bergan.
«Biz siyosiy nuqtayi nazardan bu (janubning qaytişi) mamlakatimiz uçun nihoyatda zarur ekanligini tuşunamiz», — dedi Oleksiy Reznikov. Uning aniqlik kiritişiça, Zelenskiy tegişli rejalarni işlab çiqiş buyruğini bergan, şundan söng Mudofaa vazirligi rahbari qurol oliş uçun bir qator davlatlardagi hamkorlar bilan boğlangan.
Oleksiy Reznikovning ta’kidlaşiça, Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Kiyevga sovet texnikasini yetkazib berişdan NATOning yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari va yuqori texnologiyali dronlar orqali boşqariluvçi, kalibri 155 mm bölgan öq-dorilar bilan işlovçi standart artilleriyasiga ötişga yordam berdi.
«Ukrainada öttiz yillik qurollarga ega sovet davridan qolgan qurolli kuçlar bor edi. Biz buni uç oy içida özgartirdik», - dedi mudofaa mahkamasi boşliği.
Vazirning qöşimça qilişiça, Ukrainaga NATOdan hamkorlar tomonidan körsatilayotgan yordamdan mamnun, ammo qurol yetkazib beriş tezligi hamon ança sust. «Askarlarimiz hayotini saqlab qoliş uçun qisqa vaqt içida bizga köproq qurol kerak», — dedi Reznikov.
Avvalroq, 20 iyun kuni Ukraina mudofaa vaziri Rossiya bilan munosabatlarni qayta tiklaş böyiça muloqot şarti sifatida Rossiya Federatsiyasining «heç bölmaganda Yevropa qismini demilitarizatsiya qiliş»ni körsatgan edi.


















