Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 11 iyul kuni soat 17:10larda xalqaro ahamiyatdagi A-380 Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beynov avtomobil yölining Koson tumani hududidan ötuvçi 76-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Koson tumani “Pudina” QFY hududida, haydovçi I.B. Matiz maşinasi bilan harakatlanib kelayotgan vaqtda Case kombayni bilan töqnaşib ketgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oqibatda Matiz maşinasi haydovçisi hamda unda yölovçi sifatida kelayotgan fuqaro oğir tan jarohatlari olib tuman şifoxonasiga yotqizilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan muolajalarga qaramasdan yölovçi şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Cobalt maşinasi özidan oldinda harakatlanib ketayotgan ISUZU yuk maşinasining orqa qismiga borib urilgan, oqibatda ikki kişi halok bölib, uç kişi tan jarohati olgandi.