Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 28 iyun kuni M-37 Samarqand-Buxoro avtomobil yölining Oqdaryo tumani Paxtaobod mahallasi hududidan ötgan 14-kilometrida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Haydovçi X.A. öz boşqaruvida bölgan Cobalt maşinasi bilan ketayotib, yölning birinçi qatnov qismida özidan oldinda öz yönalişida harakatlanib borayotgan ISUZU yuk maşinasining orqa qismiga urilgan.
Oqibatda, Cobalt maşinasidagi yölovçilar M.A. hamda F.A. oğir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Cobalt haydovçisi hamda yana ikki nafar yölovçi D.N. va O.O. turli darajadagi tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Oqdaryo tumani IIB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyati Past Darğom tumanida haydovçilik guvohnomasi bölmagan şaxslar sodir etgan YTHda Labo haydovçisi vafot etgandi.
















