2023 yil 1 yanvardan “Ye-patrul” tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi va fuqaroning şaxsini aniqlaş uçun içki işlar bölimiga olib boriş amaliyotidan voz keçiladi. Barça ma’lumotlar elektron tekşiriladi va patrul-post xodimi faoliyati “bodikamera”ga tasvirga olinadi.

Xodimlar quyidagi hollarda fuqaroni töxtatişi va şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar yoki “Ye-patrul” tizimi orqali ularning şaxsini aniqlaşi mumkin:

  • şaxs jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilişga asos bölsa;
  • şaxsni sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblaş mumkin bölsa;
  • şaxsni uşlab turişga boşqa qonuniy asoslar bölsa.

Xodim şaxsni töxtatganda uni töxtatganlik sabablari va asoslarini tuşuntirişi şart. Yonida şaxsini tasdiqlovçi hujjati bölmagan fuqaro quyidagi hollarda içki işlar organiga olib boriladi:

  • uning şaxsini planşet orqali aniqlaş imkoni bölmaganda;
  • qidiruvda bölgan yoki bedarak yöqolgan şaxslar aniqlanganda;
  • şaxsiga aniqlik kiritiş jarayonida qarşilik körsatganda;
  • jamoat joyida huquqbuzarlik sodir etiş vaqtida uşlanganda.