AQŞ senati qömitasi Amerikaning Özbekistondagi yangi elçisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini tasdiqladi.
May oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden AQŞning Özbekistondagi elçisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini ilgari surgandi.
Jonatan Henik — AQŞ diplomatik xizmati maslahatçi-elçi maqomiga ega yuqori lavozimli amaldor hisoblanadi. Ötgan yildan beri u Milliy mudofaa universiteti qoşidagi Axborot va kibermakon kollejida AQŞ Davlat departamenti kafedrasi mudiri lavozimida işlab kelmoqda.
Ilgari Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari byurosida Davlat kotibi yordamçisining örinbosari lavozimida işlagan. U Markaziy Osiyo davlatlari, şuningdek, Janubiy va Markaziy Osiyoda jamoatçilik diplomatiyasi va OAV bilan aloqalar böyiça mas’ul bölgan.
Nyu-Yorkda tuğilgan Jonatan Henik rus, portugal, turk va ozarboyjon tillarini biladi. U Havayi universitetida siyosat fanlari nomzodi, Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti xalqaro aloqalar böyiça magistr va şu universitet Kolumbiya kolleji bakalavri darajasiga ega.
AQŞning Özbekistondagi amaldagi elçisi Deniyel Rozenblyum bölib, u 2019 yilning may oyida uşbu lavozimda qasamyod qilgandi.
Deniyel Rozenblyum endi Qozoğistonda öz faoliyatini davom ettiradi.

















