Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 23 iyul kuni soat 21:00larda A-376 Qöqon-Jizzax avtomobil yölining Şarof Raşidov tumani Ğozğontepa mahallasi hududidan ötgan 292-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Noma’lum haydovçi piyodani urib yuborib, unga yordam körsatmasdan hodisa joyidan qoçib ketgan. Oqibatda, Şarof Raşidov tumani Baxt mahallasida yaşovçi 71 yoşli fuqaro oğir tan jarohatlari olib voqea yuz bergan joyda vafot etgan.
Holat yuzasidan Şarof Raşidov tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, haydovçiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv işlari davomida uşbu jinoyatni Zomin tumani Guliston mahallasida yaşovçi fuqaro Damas maşinasi bilan sodir etgani aniqlangan. Gumonlanuvçi protsessual tarzda uşlanib, vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.
Avvalroq, Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida ham haydovçilardan biri piyodani urib qoçib ketgan va oqibatda 69 yoşli jabrlanuvçi voqea joyida vafot etgandi.
















